O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mazkur tizim qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi hamda mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi kutilyapti.
Foto: Kun.uz
2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha tegishli prezident farmoni qabul qilingandi.
Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Yangi tizimga ko‘ra:
· Shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obektlari bo‘yicha tuziladi;
· Xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;
· Qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;
· 2025 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;
· 2026 yil 1 yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;
· Qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Shaffof qurilish» axborot tizimi joriy etiladi;
· Ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.
Uy-joy qurilishida yangi tartib: eskrou tizimi qanday ishlaydi?
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?