softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

Batafsil o'qish:

Samarqandda davlat boshqaruvi sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – BMT Davlat xizmati forumi (UN Public Service Forum 2025) o‘z ishini boshladi.

Foto: "Dunyo" AA

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirga O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Forum 23-25 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi va unda Yevropa, Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasining o‘nlab mamlakatlaridan vazirlar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik sektori va biznes vakillaridan iborat rekord darajadagi ishtirokchilar soni qayd etilishi kutilmoqda.

Anjuman – "2030 yilgacha besh yil: barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni jadallashtirish" asosiy mavzusida tashkil etildi. 

Forum dasturidan yalpi majlislar, mavzuga oid munozaralar, muvaffaqiyatli amaliyotlar taqdimotlari va davlat boshqaruvidagi yangi yondashuvlarga bag‘ishlangan strategik muzokaralar o‘rin olgan.

2003 yildan buyon ushbu forum AQSh, Avstriya, Tanzaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan. 2025 yilda esa Samarqand davlat xizmati kelajagi haqidagi global muloqot uchun yangi markaziga aylanishi kutilmoqda.