O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekistonda xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Vision International Investment (VIIC) va Fransiyaning Suez international kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mazkur bitim xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha istiqbolli loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 78 million AQSh dollariga teng bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda chiqindilarni barqarorlashtirish va poligonlarga joylashtirish majmualari hamda mintaqaviy uzatish stansiyalarini yaratish ko‘zda tutilgan;
ikkinchi bosqichda chiqindidan yoqilg‘i olish (RDF — Refuse-derived fuel) uskunasi, yoqish inshootlari va issiqlik bilan ishlov berish korxonasining muhandislik oldi loyihasini ishlab chiqish va tajriba asosida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan;
uchinchi bosqichda esa to‘liq miqyosdagi chiqindidan yoqilg‘i olish, issiqlik bilan ishlov berish inshootini barpo etish va ishga tushirish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur bitimlar strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.