Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi.
«Bugun Samarqandda xalqaro hamkorlikning yangi sahifasini ochdik — BMT Davlat xizmati forumi boshlandi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan samimiy qutlov so‘zlarini yetkazish men uchun katta sharafdir.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda va biz O‘zbekistonda bu o‘zgarishlarga faol islohotlar bilan javob bermoqdamiz: raqamli davlat quryapmiz, iste’dodlarga sarmoya kirityapmiz, barcha uchun — ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz.
Global bilimlar markazi kabi tashabbuslarimizga ishonch bildirgan xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik izhor etmoqchiman.
Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.