softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

Batafsil o'qish:

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil etilib, bu lavozimga prezident yordamchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan, Prezident administratsiyasi tuzilmasida administratsiya rahbari lavozimi tashkil qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining farmoni bilan, administratsiya rahbari lavozimiga Saida Shavkatovna Mirziyoyevani tayinladi. U 2023 yil 25 avgustidan buyon prezident yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.

2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020-2022 yillarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

2022 yil noyabrida Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri etib tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva 2023 yil avgustida prezident yordamchisi etib tayinlangan edi. Bu tayinlov Prezident administratsiyasida rahbar lavozimi tugatilishi bilan bir vaqtda ro‘y bergandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi 2018 yil 26 avgustda tashkil etilgan bo‘lib, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov, 2022-2023 yillarda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilgandi.