softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Batafsil o'qish:

Prezident yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Aziz Mag‘rupov prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Aziz Mag‘rupov

Aziz Mag‘rupov O‘zbekiston prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Aziz Mag‘rupov faoliyati davomida tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha masalatchi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Bekzod Mavlonov prezidentning yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Bekzod Mavlonov o‘z faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. U O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.