softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

Batafsil o'qish:

Xususan, Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Saidlaziz Saidkarimov lavozimdan olindi. Oldinroq u prezident tanqidiga uchragan va mazkur inspeksiya tugatilgan edi.

Saidlaziz Saidkarimov va O‘tkirjon Qodirov

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Prezident administratsiyasining qator xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Xususan, Saidlaziz Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi faoliyatini qattiq tanqid ostiga olib, uni bugunoq tugatishga topshiriq bergandi. Saidlaziz Saidkarimov nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan, u prezident topshiriqlari ijrosiga mas’ul bo‘lgan va ularga sovuqqonlik bilan yondashgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib borishi kerak edi.

Shuningdek, O‘tkirjon Qodirov Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan olindi.

O‘tkirjon Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

U Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Jaxongir Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.