Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur mamlakatga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Foto: "Dunyo" AA
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar Ulan-Bator shahridan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Xususan, muzokara davomida Hunnu Air aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishdi.
Kelishuvga muvofiq, Hunnu Air aviakompaniyasi joriy yil sentabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.