softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Batafsil o'qish:

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. Bu sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida «O‘zenergoinspeksiya», IIO va FVV vakolatlari kengaytiriladi.

Qonunchilik palatasining 24 iyundagi majlisida yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Qayd qilinishicha, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, tabiiy gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilsa javobgarlikka faqat tashkilotning mansabdor shaxsi tortilmoqda. Bu borada huquqbuzarlik sodir etgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni esa javobgarlikka tortish asoslari belgilanmagan.

Xususan, 2024 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan energiyani behuda sarflash bilan bog‘liq 17,6 mingta, gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 7,6 mingta holat aniqlangan.

Bundan tashqari, «O‘zenergoinspeksiya»ning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari qonun hujjatlarida aniq belgilab qo‘yilmagan. Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga ham ushbu sohada ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilmagan.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan «O‘zenergoinspeksiya»ning ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati aniq belgilanmoqda. Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga esa yoritish uchun elektr energiyasidan behuda xo‘jasizlarcha foydalanish huquqbuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish taklif etilgan. Shuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar ham ma’muriy huquqbuzarlik sub’yekti sifatida belgilanmoqda.

Shu bilan birga, elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Jumladan, Jinoyat kodeksidagi elektr, issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvi tarmog‘idan foydalanish qoidalarini buzish uchun belgilangan jarima miqdori oshiriladi. Belgilangan ma’muriy jazodan so‘ng takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jazo kuchaytiriladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bir necha moddalariga qo‘shimcha va aniqlashtiruvchi normalar kiritiladi.

2023 yil iyun oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, elektr, issiqlik, gaz yoki ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin. Huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etganlarga BHM 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazo choralari ko‘rilishi mumkin.