softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi

Batafsil o'qish:

Saida Mirziyoyeva Administratsiya rahbari lavozimini egalladi. Komil Allamjonov unga maslahatchi bo‘ldi. Departament rahbari Bekzod Mavlonov – davlat rahbarining yordamchisi, shu lavozimdagi Aziz Mag‘rupov esa prezident maslahatchisiga aylandi. Tugatilgan inspeksiyasi boshlig‘i Saidlaziz Saidkarimov, departament rahbarlari O‘tkirjon Qodirov va Jahongir Ibragimov lavozimlarini tark etdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida qator o‘zgarishlar yuz berdi. Davlat rahbarining farmoni bilan, 2023 yilda tugatilgan administratsiya rahbari lavozimi tiklandi va bu lavozimga Saida Shavkatovna Mirziyoyeva tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Saida Mirziyoyeva 2023 yil avgust oyidan beri prezident yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. U bunga qadar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari, Prezident administratsiyasining kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan.

Sanab o‘tilgan tashkilotlarda Mirziyoyeva bilan yonma-yon ishlagan Komil Allamjonov o‘z faoliyatida uchinchi marta Prezident administratsiyasida ish boshladi. U administratsiya rahbariga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi etib tayinlandi. Komil Allamjonov ushbu lavozimda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash sohalarida Saida Mirziyoyevaga ekspertlik yordamini ko‘rsatadi.

Komil Allamjonov bundan avval administratsiyada prezident matbuot kotibi, administratsiya rahbarining o‘rinbosari va axborot siyosati departamenti rahbari kabi lavozimlarda ishlagan. 2024 yil sentabr oyida lavozimini tark etib, faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi.

Saida Mirziyoyeva Aziz Mag‘rupovning lavozimi o‘zgarganini e’lon qilmoqda. / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, bunga qadar prezident yordamchisi sifatida ishlab kelgan Aziz Mag‘rupov bu lavozimini tark etdi. U davlat rahbarining tashqi investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.

Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bekzod Mavlonov esa prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Bekzod Mavlonov / Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, Prezident administratsiyasining uch nafar mulozimi lavozimidan ozod etildi.

Xususan, administratsiyaning nazorat inspeksiyasiga rahbarlik qilib kelgan Saidlaziz Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi. U 2022 yil avgustidan beri boshqarib kelgan inspeksiya o‘tgan hafta davlat rahbarining keskin tanqidiga uchragan, Shavkat Mirziyoyev inspeksiya faoliyatini tugatishga buyruq bergan edi.

Shuningdek, Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari O‘tkirjon Qodirov hamda Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari Jahongir Ibragimov ham lavozimini tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi 2018 yilda, Prezident devoni negizida tashkil etilgan. Administratsiyaga 2018–2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov, 2022–2023 yillarda esa Sardor Umrzoqov rahbarlik qilgan edi.

Administratsiya rahbariyatini o‘zida jamlagan yig‘ilishdan suratlar: