O‘zbekistonda sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholashdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosani taqdim etadi:
🔹 bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatish tashabbus qilingan bo‘lsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarning miqdori;
🔹 sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari ko‘rgan haqiqiy zararlar miqdori;
🔹 yuqorida ko‘rsatilgan zararlar o‘rtasidagi farq.
Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qo‘shma qarori asosida sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar bo‘yicha uning to‘lov va o‘tkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga haqli.