Pragmatik kadrlar siyosati – tizim rivojining eng muhim omili
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Endilikda sud tizimida nazariya va amaliyotni chuqur o‘zlashtirgan, ish uslubi va kasb talablarini yaxshi tushunib yetgan oliy ma’lumotli kadrlarni ishga jalb qilish borasida muammolar yuzaga kelmaydi. Negaki 2023 yil oktyabr oyida Oliy sud huzurida “Bo‘lajak sud xodimlari” klubi tashkil etildi. Shuning barobarida kadrlarni maqsadli tayyorlash va sudlardagi oliy ma’lumotli kadrlar yetishmovchiligi masalasiga konseptual jihatdan yondashib, muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bu, albatta, yangi ishga qabul qilingan xodimlarning adaptasiyasi uchun talab etiladigan vaqtni tejashga va ish sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini bermoqda.
Aytish joizki, “Bo‘lajak sud xodimlari klubi”ning tashkil etilishi sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirishdan iboratdir.
Zotan, sudlar hokimiyati zimmasiga sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish kabi dolzarbbb vazifalar yuklatilganki, ularni faqat yuqori malakali, chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlargina amalga oshirishga qodir.
Shu bois, sud apparati xodimlarining jamiyatda ijtimoiy mavqeini va obro‘-e’tiborini oshirish hamda meritokratiya (kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va ob’ektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni tanlab olish)tamoyili asosida yuqori malakali kadrlar korpusini shakllantirish Oliy sud rahbariyati oldida turgan dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Shuni chuqur anglab yetishimiz zarurki, ishdagi sifat va natija, eng avvalo, faoliyat yuritayotgan kadrlarga bevosita bog‘liq. Albatta, jamoalarda ishchanlik muhitini yaratish bilan bir qatorda biz uchun xodimlarimizning dunyoqarashi, ma’naviyati, kasbiy odob-axloqi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, sud organlari “ustoz-shogird” an’analariga qat’iy amal qilib kelmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot qonunlari davlat tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasida inson kapitali uchun doimiy raqobatni yuzaga keltirganidan ko‘z yuma olmaymiz. Shu boisdan ham dastlabki bosqichdan boshlab kadrlarni tayyorlash uchun yo‘naltirilgan har qanday sa’y-harakat bugungi kunning talabi va eng sermahsul investisiyasi hamdir.
Manba: www.aniq.uz