Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mahalliy Kengash deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlari yanada kuchaytiriladi.
Prezident farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish» konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- Mahalliy Kengash, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;
- aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni «mahalla yettiligi» – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat» tamoyili asosida kuchaytirish;
- Mahalliy Kengashning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash;
- Mahalliy Kengash deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
- Mahalliy Kengash faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
- Mahalliy Kengash faoliyatida o‘zaro va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Mahalliy Kengash faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, «E-Kengash» elektron platformasini takomillashtirish.