softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eron fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi mumkin - elchixona

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Eron fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi mumkin - elchixona

Batafsil o'qish:

Eron Islom Respublikasi fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz rejimda kirish imkoniyati berilishi mumkin. Ikki davlat hukumati buni muhokama qilmoqda. Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston TIV buni tasdiqlab, muloqot hali davom etayotganini bildirdi.

Foto: Getty images

Eron elchixonasi vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ayni paytda Eronga yiliga ikki marta ikki haftadan vizasiz rejimda borishlari mumkin. Biroq, O‘zbekiston TIVning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, rasmiy kelishuvlarda belgilanganidek O‘zbekiston fuqarolari faqat 10 kun bu mamlakatda vizasiz tartibda bo‘la oladi.

O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynidagina vizasiz kirishlari mumkin. Eron fuqarolari esa O‘zbekistonga kirishi uchun elektron viza olishlari talab etiladi”, - deydi TIV rasmiy vakili Ahror Burhonov.

Elchixona muvaqqat ishlar vakili Husayn Parvareshning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun Eronga vizasiz borish huquqi berilgach, sayohat qiluvchilarning soni sezilarli ravishda ko‘paygan. Tehron-Toshkent aviaqatnovlariga talab juda yuqoriligi sabab chiptalar tez sotilib ketmoqda.

Ikki davlat o‘rtasida tibbiyot turizmi ham rivojlanmoqda. Elchixonaning qo‘shimcha qilishicha, Eron tibbiy muassasalarida o‘zbekistonlik bemorlar borib davolanishi uchun imkoniyat va sharoit yaratish masalalari ham muhokamada.

Bu masala ijobiy hal qilinsa, Eronga boruvchi o‘zbekistonliklar soni yanada ortishi mumkin, deydi Husayn Parvaresh.

O‘zbekiston TIVga ko‘ra, juda ko‘p davlatlar bilan vizasiz rejimni joriy qilish muhokamada, lekin vazirlikning asosiy e’tibori ko‘proq O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga vizasiz borishini ta’minlashga qaratilgan.