softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

370 mln so‘mlik “KIA” avtomobili yaroqsiz holga keldi. Kim aybdor?

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

370 mln so‘mlik “KIA” avtomobili yaroqsiz holga keldi. Kim aybdor?

Batafsil o'qish:

So‘nggi yillarda joriy etilayotgan islohotlar sabab O‘zbekistonga import qilinayotgan inomarkalar soni keskin oshdi. Bu esa yurtimizdagi avtomobil bozorida halol raqobatning yuzaga kelishiga olib keladi.

Qolaversa, bu avtomobillarning tannarxi bilan birgalikda sifat jihatidan ham ijobiy o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi shubhasiz. Ammo “import qilinayotgan inomarkalarning hammasi ham sifatlimi?” degan tabiiy savol tug‘iladi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga kelib tushgan galdagi murojaat aynan import qilingan avtomobil bilan bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining "1091" ishonch telefoniga Navoiy viloyati Navbahor MFY Ustaobid ko‘chasi 7-uyda yashovchi fuqaro M.X. tomonidan 370 million so‘mga xarid qilingan “KIA” rusumli avtomashinasi yaroqsiz holga kelib qolganligidan shikoyat qilib murojaat qildi.

Mazkur holat O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Natijada avtomashinaning yaroqsiz holga kelishiga fuqaro M.X. tomonidan mashinasiga Navbahor tuman Talqon MFY da faoliyat yuritayotgan “KOMFORT PETROL OIL” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasidan quyilgan yoqilg‘ining sifatsizligi sabab bo‘lganligi aniqlandi. Shundan so‘ng jamiyat mutaxassislari tomonidan “KOMFORT PETROL OIL” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasi rahbariyatiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli bandlari tushuntirilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi. Natijada “KIA” rusumli avtomobil AYOQSh rahbari tomonidan ta’mirlab berildi. Yana bir iste’molchining manfaatlari qonun doirasida himoya qilindi.

Hurmatli fuqarolar! Agarda siz ham shunga o‘xshash vaziyatga duch kelsangiz, bizning "1091" qisqa raqamli ishonch telefonimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.


Manba: www.aniq.uz