Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Germaniyadan Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi.
Foto: "Dunyo" AA
Ushbu xayriya loyihasi Germaniyaning Diakoneo klinikasi travmatologiya va ortopediya mutaxassisi Oybek Hakimov bilan birgalikda amalga oshirildi.
Yuk tarkibidan jarrohlik tikuvlari, drenaj tizimlari, traxeostomiya va endotraxeal naychalar, yelka ortezlari va boshqa tibbiy buyumlar o‘rin oldi. Gumanitar yuk Sirdaryo viloyatiga Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining Frankfurt-Mayn shahridagi vakolatxonasi ko‘magida yetkazildi.
"Tibbiyot muassasamiz turli gumanitar loyihalar doirasida Sirdaryo viloyatidagi klinikalar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Men yiliga bir necha marta O‘zbekistonga borib, og‘ir jarohatlarni tekshiraman, bolalar va kattalardagi ortopedik operatsiyalarni amalga oshiraman. Klinikamiz xodimlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik natijalaridan mamnun va biz kelgusida ham O‘zbekistonda turli insonparvarlik loyihalarini amalga oshirishga tayyormiz", dedi Oybek Hakimov.
Oybek Hakimov 2016 yildan beri Diakoneo klinikasida travmatologiya va ortopediya bo‘yicha shifokor bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga, u doimiy ravishda o‘zbekistonlik hamkasblarim bilan butun dunyo bo‘ylab ortopediya va travmatologiya sohasidagi bemorlarga hamda og‘ir operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha onlayn maslahatlar berib keladi.