softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qurilish nazoratchilariga bodikamera va planshet beriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Qurilish nazoratchilariga bodikamera va planshet beriladi

Batafsil o'qish:

Endilikda har bir qurilish obektida QR-kodli pasport bo‘lishi talab etiladi. 1 iyuldan e’tiboran, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda bodikameralar va maxsus planshetlardan foydalaniladi. Tajriba-sinov tariqasida bu Qashqadaryoda davlat budjetidan quriladigan obektlarga videokameralar o‘rnatiladi.

Ochiq manbalardan olingan surat

“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan har bir qurilayotgan obektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik sub’yektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

2025 yil 1 iyuldan:

  • barcha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi;
  • bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;
  • tajriba-sinov tariqasida 2025 yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangidan quriladigan obektlarga videokameralar o‘rnatiladi;
  • qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.