«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Shavkat Mirziyoyev Andijon markazida 100 yil oldin qurilgan bunday «sovuq» bino – tergov hibsxonasi shahar chekkasiga ko‘chirilishi, o‘rnida zamonaviy savdo va servis markazi barpo etilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bog‘lovchi jamoat transporti mavjud emasligi qayd etildi.
«Kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur bo‘lyapti. Tig‘iz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, 25 ta yengil mashinani o‘rnini bosadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi. Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahri bo‘yicha yana bir tashabbusni aytdi.
«Shahar markazida «Andijon turmasi» nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi joylashgan. Kundan kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda 100 yil oldin qurilgan bunday «sovuq» binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi».
Shu bois bu obekt shahar chekkasiga ko‘chirilishi, o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.