Akademik litseylar bitiruvchilari uchun yakuniy imtihonlar tartibi o‘zgardi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Endi yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun davlat attestatsiya komissiyasidan tashqari davlat imtihonlari o‘tkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Qayd etilishicha, akademik litseylarda yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish tartibi bugungi kun talablariga, qonunchilik hujjatlariga moslashtiriladi. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun davlat attestatsiya komissiyasi (DAK)dan tashqari davlat imtihonlari o‘tkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari tashkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritishda DAKka bo‘ysunadi.
Davlat imtihonlari barcha ta’lim yo‘nalishlarida ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi hamda ta’lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasida belgilangan yana ikkita chuqurlashtirilgan fanlardan o‘tkaziladi:
Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin.
«Bundan buyon davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda DAK tomonidan tasdiqlanadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq 2025 yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.