softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

Batafsil o'qish:

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

Foto: Kun.uz

2025 yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan bo‘lsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi to‘liq ta’mirlangan «lyuks» toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan.

2025 yilning mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari 2024 yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi:

- 1 xonali: $296 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6 foiz);
- 2 xonali: $379 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6 foiz);
- 3 xonali: $454 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9 foiz)
- 4 xonali: $521 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7 foiz).

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali — $297, 2 xonali – $373, 3 xonali – $432, 4 xonali — $443);
- Olmazor tumani (1 xonali – $287, 2 xonali – $347, 3 xonali – $408, 4 xonali – $474).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Shayxontohur tumani (1 xonali – $345, 2 xonali – $462, 3 xonali – $582, 4 xonali – $617);
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $381, 2 xonali – $528, 3 xonali – $616, 4 xonali – $700).

Joriy yilning mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham o‘tgan yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:

- 1 xonali: $411 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($472) nisbatan -13,1 foiz);
- 2 xonali: $547 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0 foiz);
- 3 xonali: $728 (o‘tgan yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8.5 foiz);

Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi $957 ni (o‘tgan yilning mart oyida — $909) tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali – $327, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641);
- Uchtepa tumani (1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $625).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Mirobod tumani (1 xonali – $484, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381).