Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Telegram kanal reklamasini devor va ustunlarga yopishtirib yurgan vaqtida ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan surishtiruvlarda giyohvandlik moddalari tarqatilishi aniqlangan. Fuqaro bilan suhbatlashilganda har bir reklamasi uchun 2 ming so‘mdan pul olayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqildi va fuqaro MJtKning 56-prim 4-moddasi (giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) asosan aybli deb topildi.
Fuqaroga nisbatan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.