softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – global iqtisodiy holat haqida

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – global iqtisodiy holat haqida

Batafsil o'qish:

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining O‘zbekistonga ta’sirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.

Avvalo, davlat rahbari global iqtisodiy holatga to‘xtaldi.

«Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar o‘rtasida barqaror munosabatlar va o‘zaro ishonchni ta’minlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz bo‘lib boryapti.

Albatta, bu jarayonlar zanjirli ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyoti sekinlashuvi va xalqaro savdo kamayishiga olib kelishi mumkin», – dedi prezident.

Birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko‘tarilishi haqida prognozlar berilmoqda. 

«Uch-to‘rt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yo‘qotgani biz uchun qattiq “signal” bo‘lishi kerak. 

Eng katta xavf – pandemiya davrida bo‘lgani kabi dunyo bo‘ylab ta’minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo bo‘lishidadir. 

Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega to‘qimachilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi “drayver” tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin», – dedi prezident.

O‘ziga nisbatan eng katta import bojlari qo‘yilgan davlatlar endilikda O‘zbekiston eksport qilayotgan yo‘nalishlarga o‘zining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi. Ya’ni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor to‘qimachilik va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat bo‘ladi.