softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi

Batafsil o'qish:

Modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Urganch xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tenderning barcha bosqichlari yakunlandi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, tanlov natijasida Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation (IIAC) kompaniyasi g‘olib deb topildi.

Ta’kidlanishicha, loyiha aeroportni modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususiy sherik yo‘lovchi va yuk terminallarini qurish va boshqarish, shu jumladan yerda xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Davlat sherigi aerodrom majmuasini qurish va boshqarish (uchish-qo‘nish yo‘lagi, perron) uchun javobgarlikni o‘ziga oladi. Loyihaga ko‘ra keyingi qadam, 19 yillik konsessiya muddatini o‘z ichiga olgan DXSh shartnomasini tuzish bo‘ladi.

IIAC nafaqat Janubiy Koreyaning asosiy havo darvozasi, balki Shimoliy-Sharqiy Osiyodagi eng yirik transport markazlaridan biri bo‘lib, bir necha marotaba dunyoning eng rivojlangan va gavjum aeroportlari 10 taligiga kirgan. 2024 yil yakunlari bo‘yicha aeroport 70 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi Uzbekistan Airports AJ tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.