Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Ucell mobil abonentlari soni 10 milliondan oshib ketdi. Bu voqea mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasida ahamiyatli hodisa bo‘lib, kompaniyaning yetakchilik mavqeyini tasdiqlaydi.
Foto: Ucell
«Bunday natijaga qo‘shma korxona tashkil etilganidan buyon infratuzilmani rivojlantirish, tarmoqni kengaytirish va yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga 430 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ sarflangani tufayli erishdik. Biz erishgan yutuqlarimiz bilan cheklanib qolmaymiz va har bir abonentimiz uchun mehnat qilishni davom ettiramiz,» - dedi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy.
Foydalanuvchilarning asl ehtiyojlariga mo‘ljallangan qulay tariflar va raqamli yechimlar, butun mamlakat bo‘ylab rivojlangan savdo tizimi, shuningdek, jahon darajasidagi ilg‘or texnologiyalar va xizmatlarni joriy etuvchi yuqori malakali mutaxassislar jamoasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ucell mas’uliyatli biznes siyosatini olib bormoqda, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda va hatto eng chekka hududlarda ham telekommunikatsiya infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda. Bularning barchasi millionlab odamlarga uyda, yo‘lda, ishda va O‘zbekistonning istalgan nuqtasida aloqada bo‘lish imkonini bermoqda.
10 millionlik marraga erishish — shunchaki raqam emas. Bu millionlarning ishonchi, minglab odamlarning mehnati samarasi.
Kompaniya O‘zbekistonning raqamli kelajagida texnologik yetakchi va ishonchli hamkor maqomini saqlagan holda innovatsiyalar, aloqa sifati va mijozlarga xizmat ko‘rsatishga sarmoya kiritishni davom ettiradi.
#tezlik uchun — Ucell
Reklama huquqi asosida