softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Batafsil o'qish:

Moliyaviy axborot, dasturiy ta’minot va media xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri Bloomberg LP O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Foto: Bloomberg

Bloomberg O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.

«Dunyodagi eng yirik moliya va biznes ma’lumotlari terminali, tahlil vositalari va yangiliklar tizimini taqdim etuvchi Amerikaning Bloomberg LP kompaniyasi O‘zbekistonda QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi», deyiladi inspeksiya xabarida.

Bloomberg LP bu – moliyaviy axborot, dasturiy ta’minot va media xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy kompaniya bo‘lib, 1981 yilda Maykl Blumberg tomonidan asos solingan. Kompaniya 70 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 69 taga yetdi. 2025 yil boshidan beri jami 9 ta kompaniya soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.