softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Batafsil o'qish:

Umummilliy birdamlik bog‘i – istirohat bog‘i, yashil maydonlar, velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obektlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: Kun.uz

«Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025–2030 yillarda umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

2025 yil 15 maygacha istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Namunaviy loyiha ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi, jumladan:

- bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;

- sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning samarali faoliyatini ta’minlash;

- velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish.