softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi

Batafsil o'qish:

24 mln aholini elektron med kartasini kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona tibbiyot axborot tizimi - DMED ishlab chiqildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov ma’lumot berdi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi «Hukumat soati» bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sohada korrupsion omillarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida vazir o‘rinbosari Olim Omonov batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik va UZINFOCOM bilan hamkorligida yagona tibbiyot axborot tizimi — DMED ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ushbu tizim 24 mln aholini elektron med kartasini kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qolaversa, tibbiyot xodimlari va farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasidagi yashirin kelishuvlarning oldini olish maqsadida yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED)da «Elektron retsept» moduli ishlab chiqilgan. 

Bu modul dori vositalarining dozalari va shakllarini hisobga olgan holda retseptlarni elektron shaklda berish, ularning markirovkasini nazorat qilgan holda sotish, hisobot yuritish jarayonini avtomatlashtirish hamda bemorlar uchun mobil ilova orqali retseptlar harakatini kuzatib turish imkonini beradi.

Shuningdek, aholi va shifokorlar uchun mobil ilovalar yaratilgan. DMED axborot tizimi 2 571 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalaridan 2 475 tasiga o‘rnatilgan. Hozirda zarur jihozlarni xarid qilish va o‘rnatish, tibbiyot xodimlarini tizimda ishlashga o‘qitish va ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish ishlari jadal olib borilmoqda.