Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Toshkentga Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik arab tilidagi qadimiy kitoblar topildi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
“Toshkent-Aero” xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan bojxona nazoratiga o‘z vaqtida taqdim etilmagan, muqovasi jigarrang teridan tayyorlangan, arab yozuvlari bitilgan 1 dona katta hajmli hamda 1 dona qizil muqovali kichik hajmdagi qadimiy kitoblar borligi aniqlandi.
Dastlabki ekspertiza xulosalariga ko‘ra, kitoblarning bugungi kundagi taxminiy qiymati 320 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.