Ayrim tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025 yil yakunigacha talab qilinmaydi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati bo‘yicha vakolatli organ vazifalari Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, 2025 yil 1 avgustdan oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi hamda Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025 yil yakunigacha talab qilinmaydi, jumladan:
▪️mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;
▪️barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;
▪️o‘simlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, o‘yinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.