Inson huquqlari bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiya tasdiqlanadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
"Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmon loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Shutterstock
Quyidagilar O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
a) vazirlik va idoralar har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markaziga farmon bilan tasdiqlangan strategiya va «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir;
b) Markaz Milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning amalga oshirilishi yuzasidan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni o‘z veb-saytida joylashtirib boradi;
har olti oyda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi.
Quyidagilarga:
a) Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasiga vazirlik va idoralar rahbarlarining milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning ijro holati yuzasidan axborotini har yarim yilda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining milliy strategiya va «Yo‘l xaritasi»ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etiladi.