softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi

Batafsil o'qish:

“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini  rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994 yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha General kelishuv (GATT) va 1994 yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qo‘llash to‘g‘risidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to‘liq muvofiq keltiriladi;
🔸tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2025 yil 1 maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.