softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi

Batafsil o'qish:

Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar kiritildi.

Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar kiritildi. 

Faktoring haqidagi bildirishnoma garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega bo‘ladi.

Qonun bilan faktoring shartnomalari bo‘yicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi belgilandi. Bunda, aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.

Shuningdek, «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) qatoriga quyidagilar kiritildi:

  • Kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini amalga oshirish;
  • faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirish.

Bundan tashqari, vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush olinganligi to‘g‘risida xabarnoma;
  • Faktoring tashkilotining filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma.