Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
2025 yilda Toshkent metropolitenida kunlik o‘rtacha yo‘lovchi tashish hajmi 12,6 foizga oshdi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 70,2 mln yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 7,2 mln nafarga ko‘p.
2025 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 780 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,6 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 445,9 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.