softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Batafsil o'qish:

Vaqtincha ishlash uchun Tataristonga borgan fuqaro sog‘lig‘idagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Bosh konsulxona ko‘magida u vatanga qaytarildi.

Foto: Dunyo

Bosh konsulxona ko‘magida Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, 1968 yilda tug‘ilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga borgan. Ish jarayonida sog‘lig‘ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘rab, mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

Bosh konsulxona xodimlari fuqaroni O‘zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunlagan.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning Qozon–Toshkent aviayo‘nalishi bo‘yicha oilasi oldiga yetib olishi ta’minlangan.

Avvalroq Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani, Rossiyaning Novosibirsk viloyatida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.