Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Foto: Phil Noble / Getty Images
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Italiya hukumati veb-sayti xabar berdi. Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Jorjia Meloni 26-27 aprel kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan Qozog‘istonda bo‘lishi xabar berilgan edi.
Oqo‘rda yozganidek, oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida tomonlar Qozog‘iston-Italiya strategik sherikligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
27 aprel kuni Ostona shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti bo‘lib o‘tadi.