softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi

Batafsil o'qish:

2019 yildan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasini boshqarib kelgan Ziyoviddin Badriddinov yangi tashkil etilayotgan Energiya samaradorligi milliy agentligiga rahbar etib tayinlandi. Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov faoliyatini RTXB raisi sifatida davom ettiradi.

Ziyoviddin Badriddinov / Foto: RTXB

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan, Badriddinov Ziyoviddin Bositovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samardorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U 2019 yil oktyabrdan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Energiya samardorligi milliy agentligi O‘zbekiston prezidentining 2 apreldagi farmoni asosida tashkil etilmoqda.

Agentlikka energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish; energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantirish va boshqa vazifalar yuklatilgan.

Asadulla Qayumov / Foto: Raqobat qo‘mitasi

Ziyoviddin Badriddinov o‘rniga, tovar-xomashyo birjasi raisi lavozimiga Qayumov Asadulla O‘rolovich tayinlandi. U tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgandi.