softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan chet el fuqarosi ushlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan chet el fuqarosi ushlandi

Batafsil o'qish:

Shuningdek, yana bir fuqaroni 18 ming dollarga aylanma yo‘llar orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura

Toshkentda pul evaziga noqonuniy yo‘llar orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida chet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning ishonchiga kirib, ularni 40 ming dollar evaziga Meksika davlati orqali AQShga chegaradan o‘tkazib qo‘yishini aytib, oldindan 4 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, J.T. va R.T. ismli shaxslar fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 18 ming dollar evaziga aylanma yo‘llar orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytib, oldindan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oxirlarida Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.