softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi

Batafsil o'qish:

"O‘zbekinvest" kompaniyasi xalqaro sug‘urta sohasidagi yirik va nufuzli tashkilot hisoblangan Xalqaro sug‘urta jamiyati - International Insurance Society (IIS) ga a’zo bo‘ldi.

Foto: O‘zbekinvest

1965 yilda asos solingan Xalqaro sug‘urta jamiyati (IIS) dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan 500 dan ziyod yetakchi sug‘urta kompaniyalarini o‘z safida birlashtiradi. Bular qatorida Lloyd’s of London (Buyuk Britaniya), Swiss Re (Shveytsariya), Munich Re (Germaniya), Chubb Limited (AQSh), Korean Re (Janubiy Koreya), China Pacific Insurance Company (Xitoy), Saudi Reinsurance Company (Saudiya Arabistoni), AXA XL (Fransiya) kabi kompaniyalar bor. Tashkilotning bosh qarorgohi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan.

Mazkur tashkilotga a’zolik sohaga oid xalqaro forumlar va IIS konferensiyalarida to‘laqonli ishtirok etish imkonini beradi. Ularning orasida eng muhimi - 2025 yilda Shveytsariyada o‘tkaziladigan Global sug‘urta forumi (Global Insurance Forum) hisoblanadi.

IIS ga qo‘shilish orqali "O‘zbekinvest" jahon sug‘urta bozorining asosiy tendensiyalari haqidagi muhim tahliliy va ekspert ma’lumotlariga hamda o‘rta va yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"O‘zbekinvest" nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo sug‘urta kompaniyalari orasida birinchilardan bo‘lib ushbu nufuzli tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

"O‘zbekinvest"ning IIS ga a’zo bo‘lishi O‘zbekiston sug‘urta sohasining xalqaro maydonda e’tirof etilgan ishtirokchiga aylanayotgani va mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasida sug‘urta sohasidagi mavqeini mustahkamlayotganidan dalolat beradi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt