softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. U islomshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.

Kengash quyidagi tashkilotlarning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;

- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;

- Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi;

- O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

- boshqa diniy-ma’rifiy muassasalar.

Shuningdek, Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash faoliyati takomillashtirilib, uning tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislar kuzatuvchi sifatida kiritiladi.