Ikkilamchi avtomobil bozori: Cobalt’dan tortib BYD Song Plus’gacha bo‘lgan bir qator avtomobillarning narxi arzonlashdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti joriy yilning yanvar-mart oylarida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi. Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashgan. Shuningdek, qator BYD va Kia modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan.
Foto: Kun.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Xususan, yanvar-mart oylari davomida narxlar quyidagicha o‘zgargan.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
Onix: ko‘p foydalanilgani 1000 dollarga (13 172 dollardan 12 170 dollarga) arzonlashgan;
Lacetti: ko‘p foydalanilgani 300 dollarga (13 500 dollardan 13 200 dollarga) tushgan;
Cobalt: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (11 600 dollardan 11 500 dollarga) tushgan;
Nexia: ko‘p foydalanilgani 284 dollarga (10 784 dollardan 10 500 dollarga) tushgan;
Spark: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (9 600 dollardan 9 500 dollarga) tushgan;
Damas: o‘rtacha foydalanilgani 134 dollarga (8 000 dollardan 7 866 dollarga) pasaygan;
Mahalliy lyuks avtomobillar
Equinox: kam foydalanilgani 2400 dollarga (35 500 dollardan 33 100 dollarga) arzonlashgan;
Malibu: kam foydalanilgani 313 dollarga (32 313 dollardan 32 000 dollarga) arzonlashgan;
Tracker: o‘rtacha foydalanilgani 382 dollarga (17 882 dollardan 17 500 dollarga) pasaygan;
Elektromobillar
BYD E2: 800 dollarga (16 800 dollardan 16 000 dollarga) arzonlashgan.
BYD Han: yangi holatdagisi 650 dollarga (32 150 dollardan 31 500 dollarga) tushgan;
BYD Song Plus DM-i Champion: yangi holatdagisi 600 dollarga (28 200 dollardan 27 600 dollarga) tushgan;
BYD Song Plus EV Champion: yangi holatdagisi: 675 dollarga (28 000 dollardan 27 325 dollarga) arzonlashgan;
BYD Yuan Up: yangi holatdagisi 200 dollarga (20 800 dollardan 20 600 dollarga) pasaygan;
Xorijiy avtomobillar
Kia Sorento: kam foydalanilgani 3000 dollarga (47 500 dollardan 44 500 dollarga) tushgan;
Kia Sportage: kam foydalanilgani 1750 dollarga (31 750 dollardan 30 000 dollarga) tushgan;
Kia K5: o‘rtacha foydalanilgani 1200 dollarga (27 500 dollardan 26 300 dollarga) tushgan;
Kia Seltos: kam foydalanilgani 550 dollarga (25 800 dollardan 25 250 dollarga, pasaygan;
Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plangan. Bunda yanvar oyi uchun 20,2 mingta, mart oyi uchun 22,5 mingta ma’lumotdan foydalanilgan.