Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Poytaxt FVB yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Foto: FVB
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yunusobod tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22 aprel kuni soat 15:01 da Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borgan va yong‘in soat 15:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Tesla’sini yoqib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.