6 oy davomida auksionda ijaraga berilmagan obektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
«2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida:
- ijara shartnomasi tuzilgan kundan ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara to‘lovlari 1 oy davomida to‘langan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi;
- 6 oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda boshlang‘ich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda 1 ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
2025 yil 1 iyuldan Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalariga «Davlat mulki» axborot tizimi orqali davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar ko‘chmas mulk obektlarini sotish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza topshirish huquqi beriladi.
Tadbirkorlarni (jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalarni) tugatish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan ularning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatiladi hamda yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliq va yig‘imlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish, dividendlar hisoblash taqiqlanadi.
2025 yil 1 oktyabrdan egasiz ko‘chmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha murojaatlar tegishli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritiladi.