O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
23 aprel kuni O‘zbekiston media va reklama bozorida o‘zining 17 yillik faoliyatini nishonlayotgan Ledokol Group xoldingi bozordagi asosiy tendensiya va o‘zgarishlarga oid tahliliy xulosalarni taqdim etdi.
Foto: Ledokol
2024 yilda umumiy bozor hajmi 165 million dollarga yetgani mamlakat iqtisodiyotidagi o‘sish, iste’mol sektoridagi faollik va raqobat muhitidagi dinamika O‘zbekiston media bozorining yangi bosqichga chiqqanidan darak beradi.
So‘nggi tendensiyalar va toifalardagi faollik
2024 yilda ichki bozorda bir necha muhim toifalar o‘z yetakchiligini namoyon qildi:
TV hanuz yetakchi, raqamli media esa shiddat bilan o‘smoqda
Bugungi kunga kelib, TV reklama hanuz eng keng qamrovli ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Mamlakat bo‘ylab 30 milliondan ortiq teletomoshabin bilan TV asosan FMCG va farmatsevtika toifalari uchun asosiy kanal bo‘lib qolmoqda.
Ayni paytda raqamli media sektorida ham keskin o‘sish kuzatilmoqda. Reklama budjetlari tobora dijitalga yo‘naltirilayotgani, xususan, banking, e-commerce va avtosanoat sohalaridagi reklama beruvchilar soni ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Yandex va Google reklama tarmoqlari yetakchi bo‘lib, mahalliy ekotizimlarga moslashishni faol davom ettirmoqda.
Digital: afzalliklar va cheklovlar
Tsifrovizatsiya jarayonining faollashishi natijasida digital reklama ulushi ortib bormoqda. 20 milliondan ortiq faol onlayn auditoriya raqamli xizmatlardan foydalanmoqda. Shu bilan birga, YouTube monetizatsiyasi va bozor monitoringi kabi muammolar hali to‘liq hal etilmagan.
Telegramdagi reklamalar arzonlashgani va Telegram Ads platformasining rivojlanishi bu yilgi eng qiziq trendlardan biriga aylandi.
Tashqi reklama: yangi bosqichga qadam
Tashqi reklama ham rivojlanishning yangi bosqichiga kirmoqda. Toshkentda monitoring tizimi joriy etildi, mintaqalardagi LED-ekranlar auditoriyaning yarmidan ko‘pini qamrab olmoqda. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona kabi shaharlardagi investitsiyalar ham o‘sishda davom etmoqda.
Ledokol Group 2024 yilda boshdan oxir nazorat tizimini ishga tushirib, media joylashtirish jarayonida shaffoflikni ta’minlashga harakat qilmoqda.
2025 yil nimalarni va’da qilmoqda?
"Yildan yilga O‘zbekistonda reklama bozori tobora yetuk, texnologik va yangi chorlovlarga moslashuvchan bo‘lib borayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Marketologlar yangi yondashuvlar va formatlarni sinab ko‘rmoqdalar, o‘z qarorlarida dadilroq bo‘lmoqdalar va samaradorlikni birinchi o‘ringa qo‘ymoqdalar. Bu yil Ledokol Group agentligi 17 yoshga to‘ldi — bu ortga nazar tashlash va barchamiz naqadar oldinga sari ildamlaganimizni ko‘rish uchun yaxshi sababdir. O‘tgan yillar davomida bozor ulkan yo‘lni bosib o‘tdi va biz avval boshidanoq uning bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz," - deya ta’kidladi Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov.
* Ledokol Group — 17 yillik ish tajribasiga ega O‘zbekistondagi yetakchi reklama xoldinglaridan biri. 2008 yilda asos solingan xolding televideniye, internet va tashqi reklama kabi media xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etadi. Xolding tarkibiga, shuningdek, quyidagilar ham kiradi: nufuz marketingi agentligi, ivent-agentligi, media-xolding va dizayn studiyasi.
Ledokol Group xalqaro sheriklar bilan faol hamkorlik qilmoqda va 2023 yildan beri OMD Group’ning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori hisoblanadi. OMD Group (Omnicom tarkibiga kiradi) 2022 yil yakunlariga ko‘ra (RECMA & AdAge versiyasi bo‘yicha) xalqaro reklama agentliklarining eng yirigi hisoblanadi.
📞 Ma’lumot uchun: +998 90 315 00 03
ledokolgroup.com