softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

WeChat Pay O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilinadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

WeChat Pay O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilinadi

Batafsil o'qish:

Markaziy bankda Xitoyning Tencent kompaniyasi delegatsiyasi bilan Wechat Pay raqamli to‘lov tizimini mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Foto: Reuters

Markaziy bankda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar Tencent Holdings Ltd tarkibidagi WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistondagi mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqqan.

«Uchrashuv yakunida tomonlar to‘lov tizimlari sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oldilar», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Tencent Xitoyning yirik xususiy investitsiya holding kompaniyasi bo‘lib, unga 1998 yilda asos solingan. U nafaqat Xitoyda, balki butun dunyodagi eng yirik investitsiya va venchur kompaniyalaridan biridir. Tencent’ning shu’ba korxonalari yuqori texnologiyali biznesning turli yo‘nalishlari, jumladan, internet xizmatlari, sun’iy intellekt va elektron o‘yin-kulgi sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan.