Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan bolalar stomatologiya poliklinikalari sotuvga qo‘yiladigan bo‘ldi. Xususiylashtirish shartlarini SSV ishlab chiqadi.
Foto: Yandex-xaritalar
Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari to‘liq xususiylashtiriladi. Bu «2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilandi.
Farmon bilan tasdiqlangan, ommaviy savdoga chiqariladigan davlat korxonalari orasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi quyidagi stomatologiya poliklinikalari ham kiritilgan:
Ushbu poliklinikalar to‘lig‘icha xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Ularni xususiylashtirish shartlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga asosan davlat komissiyasi belgilaydi.
Ma’lumot uchun, prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2025 yilgi davlat dasturida, stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilgan.