softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi

Batafsil o'qish:

Da’vo miqdori taxminan 700 million AQSh dollarini tashkil etgan ish bo‘yicha xalqaro arbitraj tribunali Bursel Tekstil Sanayi kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan barcha da’volarini rad etdi.

2024 yil 10 oktabr kuni Investitsion nizolarni hal qilish xalqaro markazining (ICSID) arbitraj tribunali «Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş.» (Turkiya) kompaniyasi va Turkiya Respublikasi fuqarolari (Bursel kompaniyasi) da’vosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ochilgan xalqaro arbitraj ishi bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Da’vo miqdori taxminan 700 million AQSh dollarini tashkil etgan ish bo‘yicha arbitraj tribunali Bursel kompaniyasining barcha da’volarini rad etib, ularga O‘zbekiston tomonining arbitraj xarajatlarini qoplab berishni belgiladi.

Arbitraj ishi Bursel kompaniyasi tashabbusi bilan 2017 yilning iyul oyida boshlanib, qariyb 7 yil davom etdi. Turkiya kompaniyasi O‘zbekiston hukumati paxtani arzonlashtirilgan narxlarda sotish va eksportni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish va’dalarini bajarmaganini da’vo qildi. Da’vogarga ko‘ra, bu kompaniyaning bankrot bo‘lishiga olib kelgan.

Arbitraj qoidalariga ko‘ra, arbitraj tribunali qarori yakuniy va majburiy hisoblanadi.

Qayd qilinishicha, arbitraj ishida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda White&Case (AQSh) xalqaro yuridik firmasi tomonidan ta’minlandi.

Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş. — 2000 yillar boshida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga sarmoya kiritgan turk to‘qimachilik kompaniyasi. Xususan, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan moliyalashtirilgan Toshkentda to‘qimachilik fabrikasini qurish loyihasida ishtirok etdi. 2011 yilda uning O‘zbekistonda uchta zavodi bor edi.