O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27–30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
25 va 27–30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.
Hududlar:
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi so‘raladi.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deyiladi e’londa.