softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi

Batafsil o'qish:

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Angren shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda 2025 yilning 26 aprel kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida 30 ga yaqin nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda quyidagi masalalarga ham e’tibor qaratildi:

I. Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) talablariga muvofiq, rapid yo‘nalishida, 7 turdan iborat shveysar tizimida asosida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining xalqaro toifadagi tajribali hakamlari tomonidan musobaqaning shaffof va xolis hamda yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash;

II. Yoshlar bilan ishlashda xalqaro oliy ta’lim muassasalari, yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbarlarining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilib,  unda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, ularning shaxsiy rivojlanishi, yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va ijtimoiy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlar yuzasidan ham fikr almashildi.

III. Shuningdek, institutning turizm va mehmondo‘stlik maktabi professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar Ohangaronning O‘rg‘ozsoy hududidagi “Iloq” etnofestivalida faol ishtiroki ta’minlandi.

Reklama huquqi asosida