softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Jarima ballarini hisoblash 1 maydan boshlanmaydi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Jarima ballarini hisoblash 1 maydan boshlanmaydi

Batafsil o'qish:

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi hukumat qarori hamon “ishlab chiqilmoqda”. Hujjat qabul qilingach, jarima ballarini hisoblanishning aniq muddati belgilanadi.

Foto: Envato

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 1 maydan haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi haqidagi xabarni rad etdi.

«Jarima ballari 1 may kunidan boshlab kuchga kirmaydi. Jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.

Shu bois, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi», deyiladi YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshevning bayonotida.

2025 yil 20 fevralda imzolangan qonunga muvofiq, yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblab borilishi belgilangan. Qonunda bu mexanizmning aniq tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilashi yozilgan.

20 mart kuni Ichki ishlar vazirligi hukumatning tegishli qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Jarima ballari «E-jarimaball» moduli orqali, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

Loyihaga ko‘ra, qoidabuzarliklar uchun quyidagicha jarima ballari bo‘lishi belgilangan:

  • Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun – 0,5 ball;
  • Belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish – 0,5 ball;
  • Belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish – 1 ball;
  • Belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish – 1,5 ball;
  • Belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish – 2 ball.
  • Svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish – 1 ball.
  • haydovchining yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa – 2 ball.
  • Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish – 2 ball.