softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Prezident «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

AJ qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda o‘zi chiqaradigan aksiyalarga ommaviy joylashtirish yo‘li bilan ochiq obuna o‘tkazishga haqli. Bunda AJ xodimlari aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishda xodimlar aksiyalariga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar.

Dividendlar miqdori AJ kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bunda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida kamida 7 yil davomida ommaviy joylashtirish yo‘li bilan joylashtirilgan taqdirda, ushbu korxonalar sof foydasining kamida 30 foiz dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi (qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar bundan mustasno).

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi va boshqa muhim ma’lumotlar aksiyadorlar e’tiboriga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida SMS va (yoki) elektron pochta orqali ushbu qaror yuborilganligi va qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma qayd etilgan holda yetkaziladi.

Bundan buyon dividendlarni to‘lash Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiyaviy-vositachilar orqali aksiyadorning mavjud bank hisobvarag‘iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda AJ aksiyadordan dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi arizani talab qilishga haqli emas.

AJ tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborot va hisobotlar yil davomida ikki va undan ortiq marta o‘z vaqtida oshkor etilmagan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi jamiyatning ijro etuvchi organini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma kiritishga haqli.

Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan AJning rasmiy veb-saytida 5 va undan ortiq foizga egalik qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish talabi chiqarib tashlanadi. 

Emitent Korporativ axborotning yagona portalida quyidagi ma’lumotlarni oshkor etishi shart:

• qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasining matni bilan tanishish joyi va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yillik va to‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha hisoboti;
• emitent va affillangan shaxs o‘rtasida tuzilgan bitim to‘g‘risidagi axborot;
• emitent faoliyatidagi muhim fakt to‘g‘risidagi xabar.

Shu bilan birga, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilish talab etilmaydi.

Bundan tashqari, rasmiy veb-saytga ega bo‘lish talabi qimmatli qog‘ozlari fond birjasi listingiga kiritilmagan AJlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan AJlar bundan mustasno.

O‘zgartirishlar:

• «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi;
• «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritildi.